Daftarni yoping.
Raqamlar oʻzi chiqadi.

Qoʻlda yuritiladigan jadvallar, yoʻqolgan toʻlovlar va tartibsiz davomatni unuting. Academly davomat, moliya, toʻlovlar va ota-onalar bilan aloqani avtomatlashtiradi — siz esa eng muhimiga, yaʼni oʻsish va taʼlim berishga eʼtibor qaratasiz.

Hammasi bitta ekranda

Nega aynan Academly?

Markazning kundalik hisob-kitobini tizim oʻz zimmasiga oladi — siz oʻquvchilar va taʼlim sifatiga vaqt topasiz.

  • Har bir soʻm hisobda

    Oylik toʻlovlar har oy oʻzi hisoblanadi. Muddat oʻtgan zahoti oʻquvchi qarzdorlar roʻyxatida — daftar varaqlash shart emas.

  • Davomat bir bosishda

    Oʻqituvchi telefondan belgilaydi. Farzandi darsga kelmasa, ota-ona darhol Telegramdan xabar oladi.

  • Oylik — bahssiz

    Foiz, belgilangan summa yoki darslar soni boʻyicha: oy oxirida oʻqituvchi oyligi tayyor, hisob-kitobi ochiq.

  • Ota-onalar doim xabardor

    Markazingiz boti orqali balans, davomat va toʻlov cheklari ota-onaning telefonida.

  • Hammasi nazoratda

    Har bir xodim faqat oʻziga kerakli boʻlimni koʻradi. Pul bilan bogʻliq har bir harakat tarixda saqlanadi.

  • Qarorlar raqamlarga tayanadi

    Tushum, foyda, qarzdorlik va oʻquvchilar oqimi grafiklarda — Excelga bir bosishda.

Narxlar

Har bir tarifda hamma imkoniyat. Faqat oʻquvchilar soni farq qiladi.

Savollar

Daftardagi maʼlumotlarni qanday oʻtkazaman?

Excelga yozib yuklaysiz yoki bizga yuborasiz — oʻtkazib beramiz.

Oʻqituvchilarim kompyuterdan foydalanmaydi

Kerak emas: davomat va toʻlov telefondan, bir necha bosishda.

Ota-onalar qanday ulanadi?

Guruh chatiga yoki shaxsan bitta havola — ota-ona bosadi va ulanadi.

Sinov davri tugasa nima boʻladi?

Maʼlumotlaringiz saqlanadi. Tarifni tanlab ishni davom ettirasiz.

Maʼlumotlar qayerda?

Oʻzbekistondagi serverlarda, qonun talablariga muvofiq.

Ertangi darsdan — daftarsiz.

Raqamingizni qoldiring — markazingizni ochib, daftarni oʻtkazib beramiz.

Demo soʻrang